Oʻzbekiston Prezidentining Berlinga amaliy tashrifi yakunlandi

15:07 30 Sentyabr 2023 Siyosat
894 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va Germaniya Prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Soʻng davlatimiz rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashdi.

Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols raisligida oʻtgan “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi birinchi sammitda Oʻzbekiston Prezidenti uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning ikki tomonlama muzokaralarida koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?