Oʻzbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi qoʻshma bayonot qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar.
Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:
• Ekstraditsiya toʻgʻrisida bitim;
• Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim;
• Qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisida bitim;
• Viza talablarini bekor qilish toʻgʻrisida bitim;
• Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
• Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
• Havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
• Tovarlar va transport vositalari harakati toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlarni onlayn almashish toʻgʻrisida bayonnoma;
• Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
• Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
• Veterinariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
• Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
• din ishlari boʻyicha anglashuv toʻgʻrisida idoralararo memorandumlar;
• Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring