Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bilan uchrashdi

Foto: Prezident.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Anqara shahridagi Turkiy davlatlar tashkiloti favqulodda sammiti doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻtgan yilgi tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar, yaqinda oʻtgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishining samarali yakunlari, tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oshayotgani va ustuvor tarmoqlarda sheriklik kengayib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
«Shovot-Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish ishlarini boshlash hamda energetika, mashinasozlik, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga muhim eʼtibor qaratildi.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, boʻlajak tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring