Oʻzbekiston Prezidenti Tatariston sanoat salohiyati koʻrgazmasi bilan tanishdi
Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbariga Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.
Kecha shu yerda uchinchi Oʻzbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Prezidentimizga ushbu tadbir yakunlari toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.
Oʻzbekiston yetakchisi Tataristonning yetakchi korxonalari sanoat mahsulotlari va texnologiyalari bilan tanishdi.
Koʻrgazma doirasida Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Navbatdagi Oʻzbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring