Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yoʻnalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti boʻyicha vazirlarning ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda hamkorlikning 10 ta yangi yoʻnalishi boʻyicha istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Muntazam va samarali muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga chiqqani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat ila qayd etildi.
Oʻtgan yilda tovar ayirboshlash 27 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qoʻshma investitsiya fondi oʻz faoliyatini boshladi.Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring