Oʻzbekiston Prezidenti Oʻmon bilan hamkorlik salohiyatini samarali roʻyobga chiqarish muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi vazirlar strategik muloqotida ishtirok etish uchun mamlamkatimizga kelgan Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Oʻmon Sulton Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi salohiyatni samarali roʻyobga chiqarish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan qoʻshma investitsiya kompaniyasining loyihalar portfelini kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Bank sohasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim kabi ustuvor yoʻnalishlarda yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish taklif qilindi.
Oʻzaro muloqotlarni va hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish – siyosiy maslahatlashuvlar, Hukumatlararo komissiya yigʻilishlari, biznes forumlari va koʻrgazmalarni muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʼkidlandi.
Mintaqaviy, shu jumladan 2011-yilgi Ashxobod kelishuvlari doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring