Oʻzbekiston Prezidenti Kuvayt bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni qayd etdi

17:17 15 Aprel 2024 Siyosat
290 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koʻrfaz arab davlatlari tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etayotgan Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon Oʻzbekiston yetakchisiga Kuvayt Amiri shayx Mishʼal as-Sabohning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro tashriflarni faollashtirish, madaniy va turizm almashinuvlariga oid dasturlarni amalga oshirish, yetakchi kompaniyalar ishtirokida, shu jumladan Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan yaqin hamkorlik doirasida hamda Kuvayt investitsiya agentligi bilan samarali sheriklikni yoʻlga qoʻyish orqali ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini ilgari surish zarurligi qayd etildi.

Yaqin fursatda ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar, qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi va biznes forumini oʻtkazish muhim ekani taʼkidlandi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?