Oʻzbekiston Prezidenti Koʻrfaz arab davlatlari kengashi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

19:17 15 Aprel 2024 Siyosat
369 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi.

Oʻzbekiston bilan Kengash oʻrtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari mintaqalar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi surʼatidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida oʻtgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi.

Oʻtgan yili Jidda shahrida oʻtgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koʻrfaz arab davlatlari birinchi sammitida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi.

Oʻzbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm va boshqa yoʻnalishlarda ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

2025-yilda Samarqand shahrida oʻtadigan ikkinchi sammit kun tartibini tayyorlash bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?