Oʻzbekiston Prezidenti “JOGMEC” va “ITOCHU Corporation” bilan hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlari Ichiro Takaxara va Djun Inomatani qabul qildi.
Hamkorlikni yanada kengaytirish va Yaponiyaning eng ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“JOGMEC” “ITOCHU Corporation” bilan birgalikda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi uran konlarini oʻzlashtirishda ishtirok etayotgani yuqori baholandi. Kompaniyalarning mamlakatimiz hududlaridagi istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish rejalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va “ITOCHU” korporatsiyasi mashinasozlik, geologiya va infratuzilma sohalarida koʻp yillik hamkorlik tajribasiga ega. Yaponiyaga oʻta muhim minerallarni eksport qilish boʻyicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish kabi hamkorlikning yangi yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring