Oʻzbekiston Prezidenti yirik energetika loyihalariga start berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiyaning yetakchi “ACWA Power”kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar - Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlash marosimida ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini taʼminlashga imkon beradi.
Bundan tashqari, mintaqamizda ilk bor “yashil vodorod” ishlab chiqarish boʻyicha oʻxshashi yoʻq korxona tashkil etilmoqda. Ushbu “pilot” loyiha doirasida mamlakatimizda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral oʻgʻitlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi.
Umuman, “ACWA Power” kompaniyasi ishtirokida Oʻzbekistonda 7,5 milliard dollarlik yirik energetika loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi 2030-yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish, 4,5 milliard kub metr gazni iqtisod qilish va atmosferaga zararli moddalar tashlanmalarini 3 million tonnagacha qisqartirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring