Oʻzbekiston Prezidenti Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.
Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Joriy yilning mart oyida Toshkentda islom dunyosining yetakchi moliya institutlari ishtirokida bank rahbarligidagi Arab muvofiqlashtirish guruhining yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
ITB bilan loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi, ularning 40 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.
Bank ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma jamg‘arma kapitali izchil shakllantirilmoqda.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, tadbirkorlik, ekologiya sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni safarbar etish, bank tuzilmalarini loyiha ishlariga faol jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimiz sanoati va tog‘-kon tarmog‘idagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ITBning ishtiroki yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring