Oʻzbekiston Prezidenti IHT sammiti kun tartibini puxta tayyorlash muhimligini taʼkidladi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.
Bosh kotib davlatimiz rahbarini Oʻzbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi. Savdo, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va oʻtkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bagʻishlagani taʼkidlandi.
Uchrashuvda mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonning Tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga oʻsgani, qoʻshma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga koʻpaygani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tashkilotning navbatdagi sammitini joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazishga har tomonlama tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Boʻlajak tadbir kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida Bosh kotib Xusrav Noziriy Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring