O‘zbekiston Prezidenti YI delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat avvalida Yevroittifoqning yuqori martabali vakili YI va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, davlatimiz rahbariga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevrokengash raisi Sharl Mishelning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
YI bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning O‘zbekistonga tashrifi, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevroittifoq rahbarlarining ikkita uchrashuvi, o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
YI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda. “Markaziy Osiyo - YI” birinchi sammitini O‘zbekistonda tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik Investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va YI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo jadal o‘sib bormoqda, o‘tgan yili uning hajmi 30 foizga oshdi.
Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. YIning O‘zbekiston uchun savdo preferensiyalari amal qilish muddati uzaytirildi.
Dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring