Oʻzbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganiga alohida mamnuniyat bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” vazirlar muloqotining ikkinchi yigʻilishi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Suhayl al-Mazruiy davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayh Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi amirligi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Amirliklar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi yuksak darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda. Oʻzbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Qoʻshma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshgan.
“Yashil” energetika, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi, transport va kommunikatsiya kabi tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Transafgʻon temir yoʻlining texnik loyihasini tayyorlash va qurilishini boshlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring