Oʻzbekiston Prezidenti AQSH bilan parlamentlararo muloqotni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda AQSH Kongressi aʼzosi, Vakillar palatasidagi “Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha kokus“ raisi Trent Kelli va Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor Bobbi Jinni qabul qildi.
Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Parlamentlararo muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kongress Senati va Vakillar palatasi aʼzolari Oʻzbekistonga muntazam tashrif buyurmoqda. “Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha kokus“ faol ishlamoqda, uning tarkibi kengaymoqda. Kongressda har yili ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan Oʻzbekiston kunlari oʻtkazib kelinmoqda.
AQSHning Missisipi shtati bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga yuksak baho berildi.
Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda Kongressning qoʻllab-quvvatlovi muhim ekani taʼkidlandi.
Suhbat yakunida yaqinda Kongress delegatsiyasi va Missisipi shtati ishbilarmonlarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring