Oʻzbekiston Prezidenti “ACWA Power” kompaniyasining innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev investitsiya forumi doirasida Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan oʻtkazgan uchrashuvda joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari va sheriklikni tubdan kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning “yashil” energetika tarmogʻi rivojiga eng koʻp sarmoya kiritayotgan ushbu kompaniya bilan hamkorlik sermahsul boʻlayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bugungi kunda muqobil energetika sohasida 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihalar faol tayyorlanmoqda.
Suhbat chogʻida kooperatsiyani yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda innovatsion loyihalarni, shu jumladan Oʻzbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi doirasida ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring