Oʻzbekiston polietileni asosan Turkiyaga eksport qilingan

09:02 30 Mart 2023 Iqtisodiyot
409 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 30,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37,9 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Polietilen eksporti hajmi oʻtgan 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 ming tonnaga kamaygan.

2023-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

— Turkiya – 18,9 ming tonna

— Xitoy – 5,8 ming tonna

— Latviya – 4,8 ming tonna

— Rossiya – 3,7 ming tonna

— Qozogʻiston – 2 ming tonna

— Buyuk Britaniya – 907,5 tonna

— Gruziya – 616 tonna

— Niderlandiya – 433 tonna

— Portugaliya – 371,3 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер