Oʻzbekiston OTMlari QS reyting agentligi sammitida qatnashmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
2023-yil 7–9-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etmoqda. Oliy taʼlim muassasalari uchun alohida pavilyon ajratilgan boʻlib, unda oliygohlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida maʼlumotlar berilmoqda.
Mazkur tadbir oliy taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, mazkur sammit doirasida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Dunyo universitetlari reytingi: Osiyo 2024” reytingini eʼlon qilish kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtishi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring