Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishda Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga Oʻzbekiston kinoijodkorlaridan arizalar qabul qilish, filmlarning qaysi jihatlariga eʼtibor berish va boshqa masalalar koʻrib chiqildi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.
Maʼlumot uchun, arizalar joriy yilning 27-avgustidan 12-sentyabriga qadar Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasining koordinatsion markazida qabul qilinadi.
Tanlovda faqatgina davomiyligi 40 daqiqadan kam boʻlmagan va asosiy tili ingliz tili boʻlmagan badiiy toʻliq metrajli filmlar ishtirok etishi mumkin.
Film kinoteatrlarda prokatga chiqishidan oldin, uni televideniyada yoki internetda namoyish kinokomissiyasida qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqich – kelib tushgan murojatlar 13-14-sentyabr kunlari Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi. 16-sentyabr kuni AQSH kinoakademiyasi mukofoti uchun Oʻzbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomi rasman eʼlon qilinadi.
Nomzod film 2018-yilning 1-oktyabridan 2019-yil 30-sentyabriga qadar kamida 7 kun davomida kinoteatrlarda namoyish qilingan boʻlishi lozim.
92-Oskar mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2020-yil 9-fevralda Los-Anjeles shaxridagi mashhur “Dolby” teatrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring