O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1,98 milliard dollarga oshib, 41,139 milliard dollarga yetdi.
Qayd etish joiz, Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma’lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga (8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha) oshgan. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi esa o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna).
Oltin zaxiralari qiymati 1,46 milliard dollarga oshib, 30,4 milliard dollardan rekord darajadagi 31,86 milliard dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring