Oʻzbekiston Nauru bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

16:46 21 Mart 2025 Jamiyat
357 0

Foto: “Dunyo”

Nauru Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 159-davlat boʻldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 20-mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Nauru oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma komyunike imzolandi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniel imzolagan. Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

“Hujjatning imzolanishi Oʻzbekiston bilan xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirishda muhim qadam boʻldi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер