Oʻzbekiston milliy terma jamoasining “CAFA Nations Cup-2025” turniri uchun tarkibi maʼlum boʻldi
Maʼlumki, joriy yilning 30-avgustidan 9-sentyabr sanasiga qadar, Oʻzbekiston va Tojikiston mamlakatlarida “CAFA Nations Cup-2025” turniri boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu turnir oldidan tashkil etiladigan yigʻin uchun jami 35 ta futbolchini jalb etdi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing:
- Darvozabonlar — Oʻtkir Yusupov (“Fulad”, Eron), Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (“Neftchi”).
- Himoyachilar — Abdulla Abdullayev (“Dibba Al-Husn”, Birlashgan Arab Amirliklari), Husniddin Aliqulov (“Rizespor”, Turkiya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Muhammadqodir Hamroaliyev (“Paxtakor”), Dilshod Komilov (“Qizilqum”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Alibek Davronov (“Nasaf”), Avazbek Oʻlmasaliyev (OKMK), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Neftchi”), Ibrohimhalil Yoʻldoshev (“Neftchi”), Hojiakbar Aliyjonov (“Paxtakor”), Dilshod Saitov (“Nasaf”).
- Yarim himoyachilar — Abror Ismoilov (“Neftchi”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Otabek Shukurov (erkin agent), Aziz Gʻaniyev (“Al-Batayeh”, Birlashgan Arab Amirliklari), Abdurauf Boʻriyev (“Paxtakor”), Diyor Holmatov (“Paxtakor”), Ibrohim Ibragimov (“Paxtakor”), Jamshid Iskandarov (“Neftchi”), Akmal Mozgovoy (“Baniyas”, Birlashgan Arab Amirliklari).
- Hujumchilar — Oston Oʻrunov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Toʻrgʻunboyev (“Paxtakor”), Abbosbek Fayzullayev (“Bashakshehir”, Turkiya), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Alisher Odilov (“Neftchi”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Husayn Norchayev (“Nasaf”), Eldor Shomurodov (“Bashakshehir”, Turkiya).
Maʼlumot uchun, ushbu futbolchilardan 23 nafari “CAFA Nations Cup-2025” turniri uchun saralab olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring