Oʻzbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan tizimda jami 44 949 ta fond, 35 163 ta roʻyxat, 254 924 saqlov birligi va 25 628 ta hujjat yaratilgan

22:34 22 Noyabr 2022 Jamiyat
475 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.

Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma pasporti tasdiqlangan.

Ushbu ruxsatnomani olish uchun “Oʻzarxiv” agentligiga https://license.gov.uz/ axborot tizimi orqali ariza yuborish va natijalarni olish imkoni yaratildi. Mazkur ruxsatnoma 3 oy muddatga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?