Oʻzbekiston merganlari xalqaro musobaqada 2-oʻrinni egalladi
Turkiyaning Egridir shahridagi “Komando” oʻquv markazi bazasida yetakchi davlatlarning harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Eng ilgʻor merganlar jamoasi” nomli xalqaro musobaqa oʻtkazildi.
Unda Germaniya, Bahrayn, Qatar, Ozarbayjon kabi dunyoning 12 davlatidan jami 33 ta jamoa, Turkiyaning oʻzidan esa dengiz maxsus kuchlari, quruqlikdagi maxsus kuchlari, maxsus operatsiyalar kuchlari kabi alohida qoʻshin turlaridan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi.
Kunduzgi va tungi mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan musobaqa bellashuvlari oʻn kun davomida oʻtkazildi. Ushbu xalqaro musobaqaning boshqa merganlik musobaqalaridan farqi shundaki, unda vertolyot va qayiqda ham xarakat vaqtida otish mashqlari bajarildi.
Shuningdek, musobaqaning hech bir bosqichida lazerli masofa oʻlchagichlardan foydalanishga ruxsat berilmadi, merganlar 1000 metr va undan ortiq masofada boʻlgan nishonni optik moslamalar yordamida aniqlab, belgilangan vaqt orasida uni yakson qildilar.
Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilari tunggi vaqtda magnit azimuti boʻyicha togʻli hududda 6 soat davomida harakatlanib, noaniq masofadagi nishonni yakson etdilar.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi vakillari uchun musobaqa oʻtkazilgan hudud butkul notanish, nishonlar va mashqlar haqida toʻliq maʼlumotlar boʻlmasada, harbiy xizmatchilarimiz barcha shartlarni muvaffaqiyatli bajarib, 12 ta davlat jamoalari orasida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Birinchi oʻrin mezbon davlat vakillariga nasib etdi.
Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilarning tayyorgarligi va mahorati turk hakamlari va merganlari tomonidan yuqori baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring