Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

Oʻzbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi, taniqli shoira Oydin Hojiyeva 2023-yil 13-may kuni 81 yoshida olamdan oʻtdi.
Oydin Hojiyeva 1965-1976-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri, 1976-1985-yillar “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1985-1995-yillarda “Gulxan”, 1995-yildan esa “Saodat” jurnali bosh muharriri lavozimida mehnat qilgan.
Oydin Hojiyevaning birinchi sheʼriy toʻplami 1970-yilda “Shabnam” nomi bilan chop etilgan. Soʻngra uning 1972-yilda “Men sevgan qoʻshiq”, “Zar kokil qiz va quyosh”, 1975-yilda “Manzillar”, 1977-yilda “Navo”, 1978-yilda “Tarovat”, 1979-yilda “Buvisining oʻz qizi”, 1980-yilda “Dostonlar”, “Tamal toshi”, 1989-yilda “Saylanma”, 1991-yilda “Najot”, “Olisdan kelgan ovoz” kabi koʻplab sheʼriy kitoblari dunyo yuzini koʻrgan. Ular orasida 1987-yilda “Chashmalarni izlayman” kabi publitsistik asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib sheʼrlari ham bor.
2022-yilda Oydin Hojiyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Tanlangan asarlar” kitobi nashr etildi.
Shoiraning 1996-yilda “Koʻzimning oqu qarosi” nomli sheʼriy guldastasi istiqlol ruhi, istiqlol orzusi bilan limmo-limdir. U mohir shoiragina emas, publitsist va tarjimon hamdir.
Oydin Hojiyeva tarjimon sifatida Shandor Petefi, A.Mskevich, Ovanes Tumanyan, Fayz Ahmad Fayz, Edi Ognesvet, Rimma Kazakova, Fariza Ungarsinova, Oyjamol Omarova, Gulruxsor, Ibroyim Yusupov, Maryamxon Abulqosimova va boshqa koʻplab jahon va qardoshlar xalqlar adabiyoti namoyandalarining doston, ballada va turkum sheʼrlarini oʻzbek tiliga yuksak badiiy mahorat bilan oʻgirgan. Ayni paytda shoiraning sheʼrlari rus, belorus, fransuz, ingliz, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik va urdu tillarida nashr etilgan.
Oydin Hojiyeva 1992-yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, 1975-yilda Yoshlar Ittifoqi mukofoti, 1999-yilda “El-yurt hurmati”, 2021-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring