Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafot etdi
Foto: Arxiv surat
“Doʻstlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 1954-yil 28-avgustda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan.
U 1976-yil Fargʻona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida oʻqituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. “Fargʻona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan.
Enaxon Siddiqovaning “Qorakoʻz turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Koʻngil ufqlari”, “Ishq ifori” kabi sheʼriy toʻplamlari, “Sirli tun faryodi” hikoyalar majmuasi, “Qizoyimlarga kelinlik saboqlari”, “Tibbiyot fidoyilari”, “Xaloskorlik”, “Eʼzozli ayollar” kabi publitsistik asarlari nashr etilgan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring