Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqida badiiy film suratga olinadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Abdulla Oripov” toʻliq metrajli badiiy filmi suratga olinadi.
Shoir va jamoat arbobi haqida toʻliq metrajli badiiy film yaratish gʻoyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan boʻlib, hozirda kinokartinaga tayyorgarlik jarayonlari boshlangan. Film ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Muzaffar Erkinov.
Ijodiy jamoa dastlab Qashqadaryo viloyatining Koson tumani, Nekoʻz qishlogʻiga tashrif buyurib, shoirning tahsil olgan maktabi, tugʻilib oʻsgan qishlogʻi bilan tanishib chiqishdi.
Maʼlumot uchun, avvalroq Agentlik va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmasi bilan “SPECTRE” studiyasi tomonidan “Abdulla Oripov” hujjatli filmi suratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring