Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga magʻlub boʻldi

17:25 22 Noyabr 2025 Sport
761 0

Bugun, 22-noyabr kuni Sergey Chigodayev boshchiligidagi Oʻzbekiston U16 terma jamoasi Seulda Janubiy Koreya oʻsmirlar termasiga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 55-daqiqada Kim Min Kyuk mualliflik qildi.

83-daqiqada esa Oʻzbekiston U16 terma jamoasi vakili Mirkomil Murodov 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Shu tariqa bahs “koreyslar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Boshlangʻich tarkib: Juravlyov, Anvarov (s), Abdisoliyev, Rahimov, Abdunabiyev, Ravshanov, Xayitmurodov, Erkinov, Sadirjonov, Orifxonov, Abduraimov.

Zaxiradan tushganlar: Matatov 45ʼ, Murodov 45ʼ, Kapran 61ʼ, Tohirov 61ʼ, Aliyev 61ʼ, Mansurov 73ʼ, Urojkov 73ʼ.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер