Oʻzbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova vafot etdi
Oʻzbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova bugun, 25-avgust kuni 73 yoshida olamdan oʻtdi.
Qayd etilishicha, aktrisa koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan edi.
Maʼlumot uchun, Dilbar Ikromova “Kelinlar qoʻzgʻaloni”, “Chimildiq”, “Dev bilan pakana”, “Devona”, “Afgʻon”, “Oyqiz ertagi” kabi juda koʻplab filmlarda bir-biridan qiziqarli boʻlgan turli rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Alohida taʼkidlash joizki, Dilbar Ikromova “Kelinlar qoʻzgʻaloni” filmidagi Sotti roli bilan barchaning qalbidan chuqur joy egallagan.
“Xalq soʻzi” gazetasi ijodiy jamoasi marhumaning yaqinlariga hamdardlik izhor etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring