Oʻzbekiston ilk bor triatlon boʻyicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi

16:07 17 May 2024 Sport
449 0

Shu yil 18-19-may kunlari Samarqand shahri triatlon va para-triatlon boʻyicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, kecha koʻhna shaharda yurtimizda ilk bor oʻtkaziladigan bunday nufuzli musobaqaga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston sport vaziri Adham Ikramov, Xalqaro triatlon ittifoqi mutasaddilari, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi rahbariyati, musobaqada ishtirok etadigan taniqli atletlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Vazir Adham Ikramov davlatimiz rahbarining sportga qaratayotgan katta eʼtibor va gʻamxoʻrligi bilan soʻnggi yillarda barcha yoʻnalishlar qatori triatlon ham ulkan oʻsishga erishayotgani, terma jamoa uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, yurtimizda yirik musobaqalarni oʻtkazish orqali ushbu sport ommaviyligi oshirilayotgani haqida toʻxtaldi. Oʻz navbatida, xalqaro mutaxassislar Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi bir necha yil avval tashkil topganiga qaramasdan juda katta oʻsishga erishganini alohida taʼkidlashdi.

Musobaqada jahon elitasidagi 100 nafar kuchli atlet ishtirok etadi. Ular orasida Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatining gʻolib va sovrindorlarini uchratish mumkin. Dasturga koʻra, bahslar Olimpiya masofasida oʻtib, sportchilar 1.5 km suzish, 40 km velopoyga va 10 km yugurish boʻyicha raqobatlashadilar.

Anjuman davomida OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga atroflicha javob olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер