Oʻzbekiston harbiylari «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
Joriy yil 29-sentabrdan 17-oktabrga qadar Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida oʻtkazilgan razvedka va maxsus boʻlinmalarning «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida dunyoning jami 18 ta davlatidan yuzdan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, musobaqaning faol fazasi 14-oktabr kuni boshlangan.
Musobaqa konkurslaridagi yoʻnalish 90 km. masofadagi turli darajadagi murakkab shartlardan iborat boʻlib, har 8 — 10 km.da bir nechta jangovar topshiriqlar bajarildi.
Shuningdek, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalangan 3 km. masofadagi zararlangan hududdan oʻtish, joyni razvedka qilish va togʻ daryosini kesib oʻtish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, jarohatlanganlarni turli yoʻllar bilan evakuatsiya qilish, mina toʻsigʻidan yakka va guruh tarkibida oʻtish, dushman obyektiga bosqin uyushtirish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni soʻroq qilish kabi shartlar ham bajarildi.
Bundan tashqari, jamoalarga 8 ta kutilmagan “test syurpriz” (xorijiy davlatlar qurollari va harbiy texnikasi turlarini aniqlash, simulyatsiya va aloqa uskunalari yordamida artilleriya olovini yoʻnaltirish, harbiy topografiya meʼyorlarni bajarish, Jeneva konvensiyasi boʻyicha test topshirish, razvedka boʻyicha hisobotlarni tayyorlash va tuzish, aloqa tayyorgarligi boʻyicha meʼyorlarni bajarish, bajarilgan tadbirlar boʻyicha va keyingi topshiriqlarni bajarishga shayligi boʻyicha bildiruv berish) topshiriqlari ham berilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 km. masofani 37 soatda bosib oʻtdi.
Xalqaro musobaqa natijalariga koʻra, 1-oʻrin va oltin medallarni mezbon davlat — Buyuk Britaniya jamoasi, 2-oʻrin va kumush medallarni Germaniya, Fransiya, Italiya, Hindiston, AQSH kabi davlatlar jamoalarini ortda qoldirgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi, 3-oʻrin va bronza medallarni AQSH jamoasi egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring