O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi
Foto: Kun.uz
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston harbiy xizmatchilarini xorijiy davlatlar armiyasiga yollash haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu xabarga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.
«So‘nggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston harbiy xizmatchilarini xorijiy davlatlar armiyasiga yollash haqida xabarlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 125-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik (154-1) moddasi mavjud.Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib qayd etish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi.
O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas», deyiladi rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring