Oʻzbekiston Global innovatsiya indeksida Markaziy Osiyoda 1-oʻringa chiqdi

Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan eʼlon qilingan 2025-yilgi Global innovatsiya indeksida Oʻzbekiston oʻz koʻrsatkichlarini 4 pogʻonaga yaxshilab, 139 ta davlat orasida 79-oʻringa koʻtarildi.
Bu natija mamlakatning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya salohiyatining sezilarli oʻsishi hamda rivojlanish tendensiyalarini yana bir bor tasdiqlaydi.
Maʼlumot uchun: Global innovatsiya indeksi har yili sentyabr oyida eʼlon qilinadi va 2 ta asosiy subindeks hamda 7 ta yoʻnalish boʻyicha birlashtirilgan qariyb 80 ta indikator asosida tayyorlanadi. Bu indikatorlar mamlakatlar innovatsiya salohiyati, bilim va texnologiya rivojlanishi, biznes muhiti va boshqaruv sifatini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi.
Shu bilan birga bir qator indikatorlarda Oʻzbekiston koʻrsatkichlari yaxshilandi. Xususan, “Inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar” indikatorida mamlakatimiz 12 pogʻonaga, “Bilim va texnologiya mahsulotlari” indikatorida 10 pogʻonaga, “Bozor rivojlanishi” indikatorida 4 pogʻonaga koʻtarildi.
Shuningdek, respublikamiz “quyi oʻrta daromadli mamlakatlar” guruhida 37 ta davlat orasida 7-oʻringa koʻtarilib (2024-yilda 10-oʻrin), Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni, Janubiy Osiyo mintaqasida esa Hindiston va Erondan keyin 3-oʻrinni egalladi (2024-yilda 4-oʻrin).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring