O‘zbekiston geotermal energetika sohasida Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston diplomatlari Buyuk Britaniyaning "Geothermal Engeeneering Ltd" kompaniyasi direktori o‘rinbosari Toni Uilson bilan uchrashuv o‘tkazdilar va korxona faoliyati bilan tanishdilar.
Muloqot chog‘ida Britaniya tomoniga O‘zbekistonda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Toni Uilsonning aytishicha, "Geothermal Engeeneering Ltd" Britaniyada ilk bor geotermal energetika loyihasini boshlagan. Hozirgi kunda korxona yer sathiga quduqlar qazib, texnologiyalar yordamida issiq granit jinslardan quvvat va issiqlik ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib bormoqda.
"Energetika sohasining ushbu yo‘nalishida O‘zbekiston tomoni bilan izlanishlar olib borish, respublika hududida shunga o‘xshash loyihani amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga tayyormiz", dedi u.
Uchrashuv yakunida "Geothermal Engeeneering Ltd" va O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida geotermal energiyani ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar tashkil etish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash va energetika sohasidagi loyihani amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
2008-yilda tashkil etilgan "Geothermal Engeeneering Ltd" kompaniyasi geotermal tizimlarni yo‘lga qo‘yish, muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan. Kompaniya hozirgi kunda Kornuoll grafligida unikal geotermal elektrostansiyasini barpo etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring