Oʻzbekiston futzal terma jamoasi FIFA reytingida 11-oʻrinda qayd etildi
Arxiv surat
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) futzal terma jamoalarining yangilangan reytingini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 139 davlat orasida 11-oʻrinda qayd etildi.
Jamoamiz yangi reytingda 1288,96 ochkoga ega. Bu natija Osiyo jamoalari orasida uchinchi koʻrsatkichdir.
Braziliya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi oʻrinni egallab turibdi. Amaldagi jahon chempioni Portugaliya esa Ispaniyani ortda qoldirgan holda ikkinchi pogʻonaga koʻtarilib oldi. Eron va Argentina kuchli beshlikdan oʻrin olgan.
Ushbu besh jamoa va Oʻzbekiston jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimida 1-savatchaga joylashtiriladi.
Futzal boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionati Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. Dunyo birinchiligiga qurʼa tashlash marosimi 26-may kuniga rejalashtirilmoqda.
Jahon chempionati 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring