Oʻzbekiston futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Bugun, 15-may kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida OFK Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Ayollar futbol qoʻmitasi tavsiyalari ratifikatsiya qilgandan soʻng, Avstraliya va Oʻzbekiston 2026 va 2029-yillarda boʻlib oʻtadigan OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi mezbonlari etib tasdiqlandi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) rasmiy sayti maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 2026-yilgi qitʼa birinchiligi Avstraliyada, 2029-yilgi turnir esa Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
Bangkok mezbonligida oʻtayotgan tashkilot ijroiya qoʻmitasi kongressida OFK prezidenti Shayx Salmon Oʻzbekiston O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish yoʻlida omad tilagan.
“Ishonamizki, Oʻzbekistonda 2029-yilda kutilgandan ham aʼlo darajada oʻtkaziladigan raqobatbardosh turnirni koʻramiz. Biz ikkala aʼzo assotsiatsiyaning tegishli tashkiliy qoʻmitasiga rejalashtirish va tayyorgarlik ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz”, deydi Shayx Salmon.
Aytish joiz, Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan qitʼa birinchiligi 2031-yilgi mundialga yoʻllanma beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring