Oʻzbekiston fuqarolari nomaʼlum sabablarga koʻra BAA hududiga kiritilmayapti
Oʻzbekistonning BAAdagi elchixonasi Oʻzbekiston fuqarolari amirliklar hududiga kiritilmayotgani yuzasidan maʼlumot berdi.
Joriy yil 30-noyabr kuni Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent—Abu-Dabi yoʻnalishi boʻyicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar Oʻzbekiston fuqarosi nomaʼlum sabablarga koʻra amirliklar hududiga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Abu Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi mazkur aeroport maʼmuriyati hamda amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda boʻlib, vaziyatni nazoratga olgan.
“Aeroport maʼmuriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan taʼminlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam koʻrsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish boʻyicha barcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring