Oʻzbekiston elchisi Estoniya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Oʻzbekistonning Estoniyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) Timur Rahmonov 16-aprel kuni ushbu davlat Prezidenti Alar Karisga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Maʼlum qilinishicha, rasmiy tadbirdan soʻng oʻtkazilgan muloqot chogʻida Estoniya Prezidenti Oʻzbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar rivojlanib borayotganini yuksak baholadi va ushbu yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Shuningdek, Estoniya yetakchisi Oʻzbekistonning mintaqadagi yetakchi davlatga aylanganini alohida taʼkidladi. Xususan, u Oʻzbekiston yetakchisining mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, jumladan, koʻp yillar davomida mojarolarga sabab boʻlib kelgan chegara masalalarini ijobiy hal etishdagi katta hissasini alohida urgʻuladi.
“Prezident Alar Karis davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eston tomoni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Timur Rahmonov 2024-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston elchisi sifatida Riga shahriga borgan edi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli boʻlib ishlagan.
Maʼlumot uchun, Timur Rahmonov 2024-yil 17-iyun kuni Oʻzbekiston elchisi sifatida Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga, 2025-yil 11-fevral kuni Litvadagi elchi sifatida ushbu davlat Prezidenti Gitanas Nausedaga, 1-aprel kuni esa Finlyandiyadagi elchi sifatida mazkur mamlakat Prezidenti Aleksandr Stubbga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring