Oʻzbekiston elchixonasida “Samarkanda” savdo kompaniyasi uyushmasining rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Italiyaning Verona shahrida tashkil etilgan “Samarkanda” savdo kompaniyasi uyushmasining rahbari Juzeppe Bortone bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ushbu uyushmaning tashkil qilinishidan koʻzlangan asosiy maqsad ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga koʻmaklashish, investitsiyalar jalb qilish, mahalliy mahsulotlar eksportini oshirish, yarmarka va koʻrgazmalarda birgalikda ishtirok etish hamda madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro hamkorlik qilish bilan izohlanadi.
Uchrashuv chogʻida mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasi rahbari soʻnggi yillar davomida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanib borayotgani, xususan, yaqinda ushbu mamlakatga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlarining amaliy ahamiyati hamda iqtisodiy diplomatiya sohadagi istiqbolli hamkorlik toʻgʻrisidagi atroflicha maʼlumotlarni oʻrtoqlashdi.
Qayd etilganidek, ushbu tarixiy tashrif doirasida imzolangan savdo-iqtisodiy yoʻnalishdagi hujjatlarning umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod ekanligi bu fikrning yaqqol tasdigʻidir.
Italiya bilan energetika, kimyo, metallurgiya, toʻqimachilik, charm-sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida investitsiya, eksport va texnologik hamkorligi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud ekanligi, ikki davlat ishbilarmonlarining oʻzaro faolligi esa kun sayin oshib borayotgani taʼkidlandi.
Uyushma rahbari Juzeppe Bortone Oʻzbekiston elchixonasi va mamlakatimiz ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirar ekan, ikki mamlakat oʻrtasidagi mavjud salohiyatni yuqori baholadi.
Uning aytishicha, oʻz uyushmasi ilk bosqichda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish, biznes safarlari va uchrashuvlar tashkil etish hamda uyushma aʼzolari sonini oshirishga alohida eʼtibor qaratadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar joriy yil oktyabr oyida Italiyaning Veneto va Apuliya hududlarida Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bagʻishlangan biznes forumlarni tashkil etishga kelishib oldi.
Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, “Samarkanda” savdo kompaniyasi uyushmasi joriy yil 30-iyun kuni Italiyaning Verona shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Tajribali advokat Juzeppe Bortone va Italiyaning “Euroimpex S.r.l” kompaniyasi mazkur uyushmaning taʼsischilari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring