Oʻzbekiston delegatsiyasi Parijda Butunjahon hayvonlar salomatligini himoya qilish tashkilotining 90-Bosh sessiyasida ishtirok etdi

15:27 05 Iyun 2023 Siyosat
337 0

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiya Parij shahrida tashkil etilgan Butunjahon hayvonlar salomatligini himoya qilish tashkilotining (JHST) 90-Bosh sessiyasida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, turli mamlakatlardan 1000 ga yaqin chorvachilik va veterinariya idoralari vakillari ishtirok etishdi.

JHST hayvonlar salomatligi boʻyicha butunjahon tashkiloti boʻlib, 1924-yilda Hayvonlar salomatligi xalqaro byurosi sifatida tashkil etilgan va 2003-yil may oyida tashkilot nomi Jahon hayvonlar sogʻligʻi tashkiloti etib oʻzgartirilgan. Hukumatlararo tashkilot sifatida hayvonlar kasalliklari haqidagi maʼlumotlarni shaffofligini taʼminlash, butun dunyo boʻylab hayvonlarning sogʻligʻini saqlash va shu tariqa xavfsizroq, sogʻlom va barqaror dunyoni saqlab qolish tashkilotning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Tashkilot shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan va unga dunyoning 182 davlatlari aʼzo hisoblanadi.

Xususan, 2017-2019-yillar davomida JHST ekspertlari tomonidan Oʻzbekistonda 4 ta missiyalar, yaʼni PVS, PVS GAP, PVS Qonunchilik, PVS Laboratoriya missiyalari amalga oshirildi va ularning xulosalaridan mamlakatda veterinar osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash, sohani yanada rivojlantirish hamda xalqaro moliya institutlaridan grant mablagʻlarini jalb qilishda samarali foydalanilmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida Yevropa Komissiyasi, FAO va JHST aʼzo davlatlar vazirlari va yuqori mansabdor shaxslarining chiqishlari boʻlib oʻtdi. Sessiya ishtirokchilari global epidemiya, muammolar va zarur chora-tadbirlar boʻyicha fikr almashishdi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Bahroh Norqobilov oʻz chiqishida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida veterinariya xizmati va uning taraqqiyotiga katta eʼtibor qaratilayotgani, jumladan, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholiga sifatli veterinariya xizmati koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar xususida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston hukumati va Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkiloti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligi, buning natijasida veterinariya faoliyatini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Shu oʻrinda, JHST Yevropa mintaqaviy komissiyasining 2024-yilda boʻlib oʻtadigan 31-konfrensiyasini Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan qarori eʼlon qilindi.

Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishda amalga oshirayotgan islohotlari xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgani tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida taʼkidlandi.

JHSTning Yevropa mintaqasi direktori Budemir Klachich sessiya hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish, ushbu yoʻnalishda umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda yangi kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha aniq loyihalar yuzasidan fikr almashish imkonini berganini qayd etdi.

«Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishda xalqaro darajada koʻplab loyihalar va dasturlarda faol ishtirokini yuqori baholayman. Hususan, Yevropa mintaqaviy komissiyasining 2024-yilda boʻlib oʻtadigan 31 - konferensiyasini Samarqand shahrida tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda mamlakatingizda koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda, hususan chorvachilik, veterinariya sohalarida va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash borasida yirik oʻzgarishlarning guvohi boʻlmoqdamiz. Albatta, bu kelajakda oʻzining ijobiy natijalarini beradi va xalqaro doirada Oʻzbekistonning obroʻsini yanada koʻtarishiga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarga erishishda Jahon hayvonlar sogʻligi tashkiloti Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishga hamisha tayyor», dedi u.

JHSTning Markaziy Osiyo mintaqasi direktori Mereke Taytubayev Oʻzbekistoning tashkilot ishida faol ishtirokni eʼtirof etdi.

“Oʻzbekiston delegatsiyasining joriy Bosh Assambleyada ishtirok etishi katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo hamjamiyati yana bir bor amin boʻlmoqdaki, mamlakatingiz qisqa fursat ichida chorvachilik, veterinariya sohalarida va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash borasida koʻplab ijobiy natijalarga erishdi. Aminmanki, Oʻzbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, yangi texnologiyalar mazkur sohani yanada rivojlanishiga xizmat qiladi”, dedi Mereke Taytubayev.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida, shuningdek, JHST bosh direktori Monik Elua bilan alohida uchrashuv oʻtkazdilar.

Muloqot chogʻida tomonlar JHST va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda veterinariya va chorvachilik soxasida yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etishdi.

Monik Elua Oʻzbekiston Hukumati tomonidan veterinar osoyishtalikni taʼminlash hamda aholining tobora oʻsib borayotgan ehtiyoji uchun yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash borasidagi samarali saʼy-harakatlarni yuksak baholadi.

Shuningdek, tashrif davomida Oʻzbekiston vakillari va Fransiya taraqqiyot agentligining qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Sandra Rulyer oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi veterinariya va chorvachilik yoʻnalishidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Fransuz tomoni Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Chorvachilik sohasini barqoror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini hayotga tadbiq etilishi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер