“Oʻzbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi sovrindorlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Joriy yilning 22-noyabr kuni “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida “Oʻzbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tantanali tadbirda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, masʼullari, davlat fuqarolik xizmatchilari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Bugungi kunda davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, bu borada ilgʻor chet el tajribasini oʻrganish va joriy qilish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlik olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: 2022-yil 11-aprelda Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolangan.
Unga muvofiq, davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish sohasida BAAning rivojlanish tajribasi asosida “Oʻzbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi ishlab chiqildi. Loyiha Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan BAA Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Dastur — mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan boʻlib, mamlakatning milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini taʼminlashda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va BAA Hukumat ishlari vaziri Muxammad al-Gergavi ishtirok etib, ikki mamlakatning hamkorlik yoʻnalishlari va istiqbollari haqida fikr yuritdi.
Dasturda joriy yilning avgust oyida 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominatsiya boʻyicha ishtirok etdi. Taqdim etilgan anketalarni Dasturga muvofiq baholash maqsadida BAAdan 36 nafar malakali mutaxassis-assessor jalb qilindi. Ular vazirliklarga chiqishdi, Davlat boshqaruvi akademiyasida intervyular tashkil etishdi. Baholashda strategik maqsadlarni amalga oshirish, qadriyatlar, resurslarni yaratish imkoniyatlari inobatga olindi.
Nomzodlar “Institutsional nominatsiyalar gʻolib va sovrindorlari” (Strategik maqsadlarni amalga oshirishda, Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirishda, Resurslardan samarali foydalanishda, Eng yaxshi tashabbus eng yaxshi loyiha nominatsiyalari) hamda “Individual nominatsiyalar gʻolib va sovrindorlari” (Namunali vazir oʻrinbosari, Namunali boshqaruv xodimi, Murojaatlar bilan ishlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha namunali xodim, Namunali ixtisoslashgan xodim, Namunali hududiy boshqarma xodimi nominatsiyalari) boʻyicha ragʻbatlantirildi.
Gʻoliblarga hamkorlarning Dilpom va estalik sovgʻalari topshirildi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring