Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti tashkil etiladi

00:26 17 Oktyabr 2021 Madaniyat
2540 0

Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra:

- Institutda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanib, taʼlim davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

- 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi taʼlim yoʻnalishi (bastakorlik sanʼati, sanʼatshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa sanʼati) ochiladi;

- Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs va magistraturaning 2-kurs talabalari oʻqishini Institutda davom ettiriladi.

Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:

- yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

- milliy estrada yoʻnalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish hamda ularni notaga koʻchirish va amaliyotga keng joriy etish;

- milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab bolalar musiqa va sanʼat maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va sanʼat kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-oʻqituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda “Mahorat darslari” yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер