Oʻzbekistonlik chavandoz Jahon kubogi finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

14:29 18 Aprel 2024 Sport
485 0

Arxiv surat

Shu kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon Kubogi finali boʻlib oʻtyapti.

Mukofot jamgʻarmasi 2,6 million yevroga teng mazkur musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda. Kecha boʻlib oʻtgan konkur bahslarida hamyurtimiz Nurjon Tuyakboyev “Kvintus” laqabli oti bilan balandligi 160 sm toʻsiqlar yoʻnalishini muvaffaqiyatli bosib oʻtdi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Endi sportchimiz 3-tartib raqam ostida Jahon kubogi finali yetakchisi shvetsiyalik Xenrik fon Ekkermanga qarshi bahsda olib boradi. Bellashuv bugun kechki dasturga kiritilgan.

Musobaqa 20-aprel kuni yakuniga yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?