Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliya qanday tarkibda boradi?

Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliyada boʻlib oʻtadigan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etadi. 28-martdan 7-aprelgacha Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida “World Boxing” tashkiloti homiyligida oʻtkaziladigan ushbu nufuzli turnirda yurtimiz bokschilari toʻliq tarkibda qatnashadilar. Termamiz ertaga tongda bosh murabbiy Toʻlqin Qilichev boshchiligida dengiz ortiga yoʻl oladi.
Jamoamiz aʼzolari quyidagi vazn toifalarida musobaqada qatnashishadi:
-50 kg vaznda Asilbek Jalilov;
-55 kgda Mirazizbek Mirzahalilov;
-60 kgda Madiyar Daniyarov;
-65 kgda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev;
-70 kgda Iqboljon Xoldorov;
-75 kgda Fazliddin Erkinboyev;
-80 kgda Javohir Ummataliyev;
-85 kgda Akmaljon Isroilov;
-90 kgda Toʻrabek Xabibullayev;
+90 kgda Jahongir Zokirov.
Termamizni musobaqaga tayyorlash va unda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida tajribali murabbiylar — Toʻlqin Qilichev, Rahmatjon Roʻziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir Gʻulomov, Lazizbek Zokirov va Botirjon Mahmudovlar ish olib borishadi. Jamoa rahbari sifatida Shohid Tillaboyev, shifokor sifatida Komiljon Rasulov hamda matbuot kotibi sifatida Jaloliddin Yusupov ham yuborilmoqda.
Shuningdek, mazkur xalqaro musobaqada yurtimizdan ikki nafar hakam — Marif Urdushev va Bekjon Yusupovlar ham adolat mezonini taʼminlash maqsadida hakamlik qilishadi. Ushbu Jahon kubogi musobaqasida terma jamoamizdan yuqori natijalar kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring