Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 6:2 hisobida gʻalaba qozondi

16:51 30 Yanvar 2026 Sport
539 0

Bugun, 30-yanvar kuni Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xanoy shahrida Vyetnam termasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Oʻyin 6:2 hisobida Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda dastlab, maydon egalari 2 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻldilar. Birinchi boʻlim 2:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimda Kotrina Kulbite shogirdlari toʻliq nazoratni oʻz qoʻliga oldilar. Dastlab, Lyudmila Karachik ketma-ket 3 ta gol kiritib, terma jamoani hisobda oldinga olib chiqdi.

Keyingi daqiqalarda Dilrabo Asadova, Maftuna Shoyimova va Omina Valixonova ham oʻz hisoblariga bittadan gol yozdirib qoʻydilar. Shu tariqa oʻyin 6:2 hisobida yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?