“O‘zbekiston aqlli hukumati” loyihasi taqdim etildi

09:31 23 May 2018 Jamiyat
1394 0
Fotо: Gazeta.uz

Toshkentdagi INHA universitetida #MITCROADMAP2018 anjumanda so‘zga chiqqan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev “O‘zbekiston aqlli hukumati” loyihasini taqdim qildi. Bu haqda Xabar internet-nashri ma’lumot bermoqda.

Qayd qilinishicha, elektron hukumatni rivojlantirishning yangi strategiyasida innovatsion “Smart Government Uzbekistan” — “O‘zbekiston aqlli hukumati” loyihasini yaratish ko‘zda tutilgan. Jahonning eng yaxshi tajribalarini o‘zida jamlagan ushbu strategiya 2021 yilgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.

Birgina 2018 yilning o‘zida talab eng yuqori bo‘lgan 50 dan ortiq davlat xizmatlarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, shularning 70 foizi fuqarolar, 30 foizi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan.

“Smart Government Uzbekistan” deganda, mobil hukumat — davlat xizmatlari ko‘rsatilishi mexanizmlarining takomillashtirilishi, aholi va biznes ehtiyojlariga tezkor javob berish.

24/7 — aholining talablariga istalgan vaqtda, istalgan joyda, istalgan axborot uzatish vositasida javob berishga mas’ul hukumat.

Doimiy isloh etib boriluvchi hukumat — byurokratik va ortiqcha jarayonlarni yo‘q qilish maqsadida ma’muriy ishlarni optimallashtirish.

Ochiq hukumat — yil davomida 400 dan ortiq ochiq ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish kabilar tushuniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?