Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Xon atlas” tadbiri boʻlib oʻtdi
Foto: Madaniy meros agentligi
Bugun Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Yakkasaroy tumani hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Yakkasaroy tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat davlat muzeyi hamkorligida “Xon atlas” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda tumandagi 21 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari, 132, 250, 323-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchi qizlari ishtirok etdilar.
Tadbir qatnashchilari milliy matolar atlas va adrasdan tikilgan liboslarga burkangan holda raqsga tushib, sheʼrxonlik qildilar.
Tadbir davomida milliy gazlama va liboslar tarixi, qadimda ayollar kiyim-kechaklari madaniyatiga doir maʼlumotlar taqdim etildi.
“Xon atlas” tadbiri yoshlarda milliy merosni qadrlash va ehtirom tuygʻusini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring