Oʻzbekiston 23 ta davlatdan choy import qilgan

09:18 28 Iyul 2023 Iqtisodiyot
560 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 24,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga oshgan.

6 oyda Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 13,5 ming tonna

— Keniya – 1,0 ming tonna

— Eron – 973 tonna

— Hindiston – 387 tonna

— Qozogʻiston – 265 tonna

— Rossiya – 219 tonna

— Shri-Lanka – 212 tonna

— Indoneziya – 204 tonna

— BAA – 181 tonna

— Pokiston – 87 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер