Oʻzbekiston 2020-yil turizm sohasidan qancha pul ishlab oldi?
2020-yilda Oʻzbekistonga 1 mln 504 ming turist keldi, ularga 261 mln dollarlik xizmat koʻrsatildi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi.
«Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar koʻrgan sohalardan biri boʻldi.
2020-yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini koʻrsatdik.
2021-yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yoʻnalish boʻyicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga koʻproq eʼtibor qaratmoqchimiz.
2021-yilda Oʻzbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan. Buning evaziga turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga yetkaziladi», dedi Abduhakimov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring