Oʻzbekiston 2019 yilda xorijga qancha oltin sotmoqchi?

11:43 01 Aprel 2019 Iqtisodiyot
2356 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston 2019 yilda xorijga 80 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank hisobotida maʼlum qilindi.

Bu maʼlumotlarni tonnada sotishga oid maʼlumotlarning ilk bor taqdim etilishidir. Shuningdek, oʻtgan yillardagi axborot ham berilgan.

Masalan, Davlat statistika qoʻmitasi mamlakatimiz 2018 yilda eksport qilgan oltin(2,9 mlrd. dollar) qiymati haqida xabar bergandi.

MB hisobotidan shu narsa ayon boʻldikki, Oʻzbekiston chet elga oxirgi uch yilda 70-80 tonnadan tilla sotgan. Xususan, ushbu koʻrsatkichlar 2016 yilda 70 tonna, 2017 yilda 80 tonna, 2018 yilda yana 70 tonna boʻlgan edi.

Hisobotda joriy yilda 1 troy unsiya oltinning dunyodagi narxi oʻrtacha 1320 AQSH dollarigacha qimmatlashishi prognoz qilingan. 2018 yilda bu narx oʻrtacha 1268 dollar, 2017 yilda 1258 dollar, 2016 yilda 1248 dollar boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер